Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sarkozi Qazzofiy «to‘dasi» bilan kurashishga va'da berdi
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining ma'lum qilishicha, Liviya sobiq yetakchisi Muammar Qazzofiy «to‘dasi» bilan kurashishni mo‘ljallamoqda. Uning bildirishicha, aynan ular o‘zini korrupsiyada ayblashdi. Bu haqda TF1 telekanali xabar qilmoqda.
«Men bu bilan hazillashmayman, bunga juda jiddiy munosabatdaman. Bu bir, ikki, o‘n yil talab etar, biroq men bu to‘daning faoliyatiga chek qo‘yaman», - deya aytib o‘tdi Sarkozi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolya Sarkozi o‘ziga korrupsiya, saylov kampaniyasining noqonuniy moliyalashtirilishi va Liviya davlat mablag‘larini yashirish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekani haqida ma'lum qilgandi.
«Men qandaydir aniq dalillarsiz ayblandim – Muammar Qazzofiyning o‘g‘li, qarindoshi, amakivachchasi, sobiq bosh vaziri, vakili va Ziyod Takiyoddinning bayonotlari asosida», - deya aytib o‘tgan Sarkozi sudda.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025