Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari kameralar orqali qayd etiladi
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida e'lon qilingan. Bu haqda Norma yozmoqda.
Bugungi kunda amal qilayotgan tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari uchun ma'muriy javobgarlikni (MJTKning 91-moddasi) jarima sanksiyalarini tegishli ravishda oshirgan holda aniqlashtirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsni chiqindilar bilan muomala qilish sohasida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb etganlik uchun javobgarlikni joriy etish taklif qilindi. Bunday xatti-harakatlar uchun jarima miqdori EKIHning taxminan 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.
Bunda ma'muriy javobgarlikka tortish maqsadida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari texnik foto- va videovositalar orqali qayd etiladi. Ayni paytda bunday tartib faqat yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlariga nisbatan qo‘llanmoqda.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:03 / 20.03.2025
Samarqandda tabiatga 10 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
15:55 / 17.02.2025
Yoritkich ustunlardagi kameralar: hukumat belgilagan talab nega ishlamayapti?
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
16:34 / 18.11.2024