Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashishi kutilyapti
AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilyapti.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, yuqori martabali mehmonlar Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
O‘z navbatida tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashish rejalashtirilgan.
“Xalq so‘zi”ning yozishicha, Shennon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohot dasturlari doirasida erishilgan progressni muhokama qilishni mo‘ljallamoqda. Bu AQSh O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayotgani va mintaqadagi barqarorlikning tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
21:24
Prezident shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi
20:21
Tramp saylovda yutqazsa, yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytdi
19:08
Hokimlarga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududning «master reja»sini ishlab chiqish topshirildi
19:01