Jahon | 16:30 / 25.03.2018
17239
3 daqiqa o‘qiladi

"Yer soati" eng yirik ekologik aksiyasi dunyo shaharlarida (fotojamlanma) 

Butun dunyo bo‘ylab Jahon yovvoyi tabiat fondining "Yer soati" eng yirik ekologik aksiyasi boshlandi. "Yer soati" aksiyasi iqlim o‘zgarishlari va sayyoraning yorug‘likdan ifloslanishi muammolariga e'tibor qaratishga yo‘naltirilgan. Avstraliya, Xitoy, Singapur, Hindistonning qator shaharlari, aksariyat Yevropa mamlakatlarida mahalliy vaqt bilan soat 20:30 dan 21:30 gacha ko‘chadagi binolarning tashqi yoritgichlari o‘chirib qo‘yiladi. Shuningdek marafonga Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari ham qo‘shiladi.

Mana oltinchi yildirki, Moskva Kremli ham "Yer soati" aksiyasida ishtirok etmoqda. Prezident qarorgohi va  Qizil maydondagi yoritgichlar bir soatga o‘chirib qo‘yildi.

Foto: Artem Geodakyan / Reuters

Moskva-Siti ham eng yirik ekologik aksiyaga qo‘shildi. "Imperiya", "Federatsiya", "Oko", "Gorod Stolits", "Merkuriy Tauer" inshootlari hamda "Afimoll Siti" savdo markazidagi chiroqlar ham o‘chirildi.

Foto: Sergey Karpuxin / Reuters

"Yer soati" aksiyasi doirasida Singapurdagi "Ko‘rfazdagi bog‘lar" tabiat parkida ham chiroqlar o‘chdi. Odatda Bog‘ning daraxtsimon tuzilmalari - 25-50 metr balandlikdagi vertikal bog‘lar - butun bo‘y baravar charaqlab turadi. 

Foto: Edgar Su / Reuters

Akropolda joylashgan Qadimiy Parfenon ibodatxonasi Afinadagi aksiyaga qadar va aksiya davomida.

Foto: Alkis Konstantinidis / Reuters

Rimdagi Kolizey binosi.

Foto: Stefano Rellandini / Reuters

Iordaniyadagi "Jabal Al-Qal'a"da odamlar 60 raqami shaklidagi mozaikada 11 440 ta shamni yoqish uchun to‘planishdi. Mozaikaning o‘zi dunyoning eng katta mozaikasi deb tan olindi va Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. 

Foto: Muhammad Hamed / Reuters

Berlinda ham "Yer soati" o‘tkazildi.

Foto: Andreas Friedric / Global Look Press

Londondagi Bukingem saroyining yoritgichlari o‘chirilishdan avvalgi va keyingi surat.

Foto: Jonathan Brady /AP

Budapesht (Vengriya)dagi Secheni zanjir ko‘prigi va Qirollik saroyi.

Foto: Attila Volgyi / Xinhua / ZUMA

Ispaniyaning Madrididagi Alkal darvozalari.

Foto: Kiko Huesca / EPA-EFE

Dubay (BAA)dagi "Burj Al-Xalifa" osomno‘par binosi.

Foto: Ali Haider / EPA

Parij (Fransiya)dagi Eyfel minorasi.

Foto: Christophe Petit Tesson / EPA



 

 

Mavzuga oid