Jamiyat | 08:56 / 26.03.2018
9729
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Avtotest bolalar uchun ijtimoiy loyiha yo‘lga qo‘ydi

Foto: Avtotest 

Avtotest kompaniyasi bolalarga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalarini o‘rgatishga bag‘ishlangan maxsus «Avtotest va bolalar» deb nomlangan ijtimoiy loyihaga qo‘l urdi.

Loyiha fevral oyining oxirida Toshkent shahrida, mart oyi o‘rtasidan esa respublikaning barcha hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarda start oldi.

Foto: Avtotest 

«Loyihamizning maqsadi — bolalarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ko‘chalarda tartibli va hushyor bo‘lishga o‘rgatishdan iborat. Loyiha doirasida biz bolalarga yo‘l harakati belgilariga amal qilish, yo‘lning qatnov qismida harakatlanish va transportda o‘zini tutish qoidalarini o‘rgatamiz. Har bir bola yoshligidan yo‘lni qayerda va qanday kesib o‘tishni bilishi, shuningdek, yo‘l belgilarini ajrata olishi lozim», — deydi Avtotest bosh direktori O. Tigay.

Avtotest o‘qituvchilari va metodistlari loyiha uchun maxsus yo‘l harakati qoidalari aks etgan rus va o‘zbek tillarida bukletlar, shuningdek, didaktik o‘yinlar tayyorlashgan.

«Mutaxassislarimiz bog‘cha va maktablar uchun alohida texnologik xaritalar ishlab chiqishdi. Darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Har bir mashg‘ulot daqiqalar bo‘yicha taqsimlangan va jarayonga barcha bolalarni jalb etish uchun interfaol usullardan foydalangan holda o‘tkaziladi. Masalan, maktab o‘quvchilariga biz ijtimoiy va animatsion videoroliklarni ko‘rsatamiz, so‘ng ularni o‘quvchilar bilan birgalikda muhokama qilamiz. Bog‘chalardagi mashg‘ulotlar asosan tarbiyachilar bilan turli o‘yinlar asosida o‘tadi» — deya ta'kidlaydi loyiha rahbari Yu. Risyukova.

Mashg‘ulot so‘ngida maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga rang ajratuvchi brasletlar va bukletlar tarqatiladi. Shundan so‘ng esdalik uchun fotosessiya o‘tkaziladi.

Foto: Avtotest 

Loyiha boshlanganidan bugungi kunga qadar 900 nafardan ortiq bolalar yo‘lovchilar va piyodalarning yo‘llarda o‘zini tutish madaniyati bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Avtotest tomonidan barcha mashg‘ulotlar mutlaqo bepul o‘tkaziladi.  Shuningdek, o‘quvchilarga o‘rgatuvchi materiallar tekin tarqatiladi.

Barcha maktablar va MTM rahbarlari kompaniyaning Facebook’dagi sahifasiga murojaat qilgan holda Avtotest o‘qituvchilarini o‘z ta'lim maskanlariga taklif etishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid