Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning 2 tumanida sovuq suv o‘chiriladi
Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida 28–30 mart kunlari sovuq suv bosimi kamayadi va bir muddatga o‘chiriladi.
«Suvsoz» korxonasining ma'lum qilishicha, bu bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik va ta'mirlash profilaktika ishlari boshlanishi bilan bog‘liq rejali asosda o‘chirishdir.
Ishlar 28 mart soat 9:00 dan 30 mart soat 9:00 gacha olib boriladi.
Suv o‘chirilishi va bosim pasayishining mahallalar va dahalar bo‘yicha grafigi bilan korxona saytida tanishish mumkin.
Suv o‘chiriladi:
Olmazor tumani: Chustiy mahallasi B-1 massiv, Alisher Navoiy mahallasi B-3 massiv, Beruniy maydoni mahallasi, Xonchorbog‘, Aloqa, Forobiy, Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo‘shtut, Allon, Eski shahar, Qumloq, Hofiz Ko‘hakiy, Abu Bakir, Istiqlol mahallalari, Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Sebzor ko‘chasidan Forobiy, Chig‘atoy darvoza, Mirzo G‘olib ko‘chalarigacha, Beruniy, Talabalar shaharchasi.
Shayxontohur tumani: Ts-26, 27, 28, Gulobod, Bog‘ko‘cha, Sarxumdon, Qoratosh, Chaqar, Chorsu, Yangi Kamolon, Huvaydo, Gulbozor, Suzukota, Islamobod, Oqlon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Ko‘hota, O‘zbekiston, Taxtapul, Katta hovuz, 1-sonli bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Navoiy ko‘chasidan — Samarqand Darvoza, Termiz ko‘chalarigacha, Toshkent davlat sirki, Chorsu bozori, JAR sport majmuasi, Abror Hidoyatov teatri, Milliy akademik drama teatri.
Suv bosimi pasaytiriladi
Olmazor tumani: Bobojonov ko‘chasi, Nodira.
Shayxontohur tumani: Ts-15, Beshyog‘och massivi, Ko‘hota maxallasi, 3-tuman qozonxonasi.
Uchtepa tumani: 5-tuman qozonxonasi, Shayxzoda ko‘chasi, Farhod, Qurilish, Lutfiy ko‘chasi — Farhod ko‘chasi, Xirmontepa ko‘chasi, Shirin ko‘chasi.
Ma'lumot uchun telefonlar:
Olmazor tumani: 246−99−57.
Shayxontohur tumani: 273−52−39; 273−52−49.
Uchtepa tumani: 274−83−45.
Markaziy dispetcherlik xizmati: 1054, 256−10−95.
Mavzuga oid
18:25 / 22.08.2024
Toshkentda sovuq suv o‘chiriladi
00:12 / 17.03.2021
Toshkentda jadval bo‘yicha sovuq suv o‘chiriladi
20:10 / 02.07.2020
«Samarqandcha tajriba». Shaharning qator ko‘chalari uch kundan buyon suvsiz
07:56 / 06.09.2019