Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WADA nomini o‘zgartirishi mumkin
Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Ketrin Maklinning ma'lum qilishicha, tashkilot moliyalashtirishni oshirish uchun o‘z nomini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Bizning brend yanada jozibador bo‘lishi kerak, bu qandaydir katta tashkilot yoki kompaniya bilan hamkorlik qilish uchun kerak. Ayni damda katta brend dopingga qarshi kurashga aloqador bo‘lishi borasida ba'zi shubhalar bor, bu ko‘pchilik tomonidan salbiy qabul qilinishi mumkin. Ehtimol, nom o‘zgarishi borasidagi variant ko‘rib chiqiladi. Bu nafaqat moliyalashtirishni oshirish, balki bizning sportchilar hamjamiyati nuqtai nazaridan ham ro‘y berishi mumkin», - deya Maklinning so‘zlarini keltiradi Inside the Games.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024