Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiya Rossiya bilan oliy darajadagi muloqotlarni to‘xtatdi
Islandiya hukumati «Skripal ishi» doirasida Rossiya hukumati bilan ikki tomonlama muloqotni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Islandiya hukumai saytida ma'lum qilingan.
«Islandiyaning barcha yaqin ittifoqchilari va hamkorlari Solsberidagi hujum tufayli Rossiya bilan munosabatlarda tegishli choralarni joriy qildi. Jumladan, NATO a'zolari va Yevropa Ittifoqi davlatlari. Islandiya qo‘llaydigan choralar qatorida — Rossiya hukumati bilan oliy darajadagi muloqotni ikki tomonlama vaqtincha to‘xtatish», — deyilgan xabarda.
Bugun AQSh 60 nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yuborishini ma'lum qildi. Keyinroq Fransiya, Germaniya qatorida Yevropa Ittifoqining jami 18 davlati shunday chora haqida ma'lum qildi. Bundan tashqari, Norvegiya, Ukraina va Kanada ham rossiyalik diplomatlarni vataniga qaytarmoqda.
Mavzuga oid
00:13 / 02.04.2025
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
16:23 / 07.02.2025
O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
23:30 / 06.12.2024
Islandiyada 2029 yilgacha kit oviga ruxsat berildi
15:11 / 02.12.2024