O‘zbekiston | 12:11 / 27.03.2018
9115
1 daqiqa o‘qiladi
Pokiston TIV: «Afg‘oniston o‘zgalar uchun to‘qnashuv maydoniga aylanmasin»
Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhamad Asif Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman davomida Afg‘onistonda qurolli to‘qnashuvlar to‘xtalishi, xususan Pokiston chegarasiga yaqin hududda vaziyatni yumshatish zarurligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
«Mening fikrimcha, siyosiy maslahatlashuv va murosa qilish - eng yaxshi natijaga erishish uchun yo‘l ochadi. Biz barchamiz «Tolibon» harakati bilan muzokaraga kirishishimiz lozim.
Afg‘onistonda proxy urushlarni bas qilib, uni o‘zgalar uchun to‘qnashuv maydoniga aylanib qolmasligi uchun harakat qilishimiz lozim», deydi u.
Mavzuga oid
17:43
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
15:33 / 29.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro eksport nomenklaturasiga yangi mahsulotlarni qo‘shadi
12:50 / 29.11.2024