“Chekayotgan” fil olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)
Hindiston janubidagi Nagarxol milliy bog‘i xodimlari “chekayotgan” filni aniqlashdi. Fil og‘zidan quyuq tutun chiqarayotgan video milliy bog‘ matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan.
Videoda urg‘ochi fil xartumi yordamida og‘ziga o‘rmon yong‘inidan keyin qolgan kulni to‘plab, keyin uni kuch bilan purkab chiqarayotganini ko‘rish mumkin.
“Fikrimcha, fil yog‘och ko‘mirini yemoqchi bo‘lgan. Fil uni yerdan olib, undagi kulni purkab chiqargan, ko‘mirlarni esa yutgan”, deb aytgan biolog Varun Gosvami.
Milliy bog‘ olimlari fil ko‘mirni davolash maqsadlarida qabul qilganini taxmin qilishgan, chunki ko‘mir hayvonlarga ichakdan turli toksinlar, gazlar va turli moddalarni chiqaruvchi va ichni keltiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
21:03 / 27.09.2024
Botsvana ocharchilik tufayli 20 ming filni o‘ldirmoqchi
17:13 / 22.08.2024
40 yillik tutqunlikda - Janubiy Afrika hayvonot bog‘idagi so‘nggi fil ozod etildi
18:50 / 22.04.2023
Bojxonachilar fil tishi hamda 180 dona bug‘u shoxini ushlab qolishdi
23:25 / 28.06.2021