Jamiyat | 14:56 / 28.03.2018
58908
1 daqiqa o‘qiladi

Qur'oni karim xaridi uchun navbat (fotojamlanma)

Bugun, 28 mart kuni "Hilol nashr" matbaa-nashriyoti do‘konlarida Mushafi sharifning savdosi boshlandi. Minglab yurtdoshlarimiz Allohning muborak kalomini qo‘lga kiritish ilinjida tong saxarlab do‘konlarga kelib navbatda turishibdi. Bu haqda info.islom.uz xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jizzax va Toshkent viloyatidan bir necha kishi kecha kechki soat 11:00da kelib, do‘kon atrofida ertalabgacha qolishgan. 

Qur'on karimni 50000 adadda nashr qilishga ruxsat olingan. Birinchi bosqichda shu adaddan 10000 nusxa savdoga chiqarilgan. Keyingi oylarga qolgan adadi ham nashr qilinib savdoga chiqarilishi aytilmoqda. Kelgusida yana ham ko‘p adadda nashr qilinishi rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid