Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Jonson: bu Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo»siga o‘xshab ketadi
Britaniya TIV rahbari Boris Jonson GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha ishni yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo» romani bilan taqqosladi. Uning so‘zlari idora rasmiy saytida joylashtirilgan.
«Bu ko‘proq «Jinoyat va jazo»ning boshlanishiga o‘xshab ketadi, ya'ni barchamiz aybdor kim ekanini aniq tushunib turibmiz, gap u tan olishi yoki uni qo‘lga olishlari haqida ketmoqda», - deya ma'lum qilgan Jonson.
Bundan tashqari, vazir G‘arb davlatlari tomonidan rossiyalik diplomatlarning ommaviy ravishda chiqarib yuborilishini yodga oldi hamda Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqayotganiga qaramay, hech qachon yolg‘iz qolmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan taqdim etgan materiallarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rasmlari bilan tenglashtirgandi.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
11:36 / 12.01.2024