Jahon | 09:36 / 30.03.2018
8005
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy mehmonxonalarida toza havo taklif qilinmoqda

Foto: Rex/Shutterstock

Shanhaydagi “Kordis” mehmonxonasi vokzal va aeroportga yaqinligi, ajoyib suv havzasiga egaligi bilan maqtana oladi. Biroq uning qolgan mehmonxonalardan ustun jihati bor: mehmonxonada ikki marta filtrlangan havo taklif qilinadi. Bundan tashqari, havo sifati mehmonxona taklif qiluvchi asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi. Mehmonxonadagi 396 ta xonadan har birida havo ifloslanishi datchiklari mavjud.

Toza havo bilan nafas olish Shanhay, Pekin va Dehli kabi havosi ifloslangan shaharlarda mavqe va boylarning nochor kishilardan ajralib turishining yangi alomatiga aylanib bormoqda. 

2014 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti zaharli havo ko‘rsatadigan ta'sirni hisoblab chiqqan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday havo yiliga 7 mln ta barvaqt o‘lim va turli kasalliklarga sabab bo‘lgan.

Albatta, yaqin vaqtlargacha hech kim toza havo sotiladi deb o‘ylamagan, biroq tijorat sektori bu vaziyatdan ham foyda ko‘rish imkonini “mahkam ushladi”. Hozirda Dehlida boylar uchun toza havoga ega xususiy maktablar va mehmonxonalar ochilmoqda. 

“Men mehmonxonalar internet uchun haq olgan kunlarni eslamoqdaman. Endi internet ko‘proq issiq suvga o‘xshaydi. Agar sizda yuqori tezlikdagi bepul internet bo‘lmasa, unda siz raqobatni boy bergan bo‘lasiz. Mehmonxonada toza havo ham shunday xizmat bo‘ladi – agar siz o‘z binoingizda raqobatchilaringiz kabi toza havoni ta'minlay olmasangiz, unda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Havo shunday muhim ahamiyat kasb etmoqda”, deb aytgan “Kordis” mehmonxonasi boshqaruvchi direktori Jon O'Shi.

Mavzuga oid