“Folksvagenlar qabristoni” (foto)
2015 yilda Volkswagen avtokonserni “dizelgeyt” deb atalgan mojaro markazida qoldi – aniqlanishicha, kompaniya bir necha yil davomida o‘z mashinalarining zararli moddalar chiqarish ko‘rsatkichlarini dasturiy ta'minot yordamida ataylab kamaytirib kelgan. Brend kompensatsiya sifatida AQShdagi mijozlaridan 350 mingdan ko‘proq avtomobilni sotib olgan va bunga 7 mlrd dollardan ko‘proq pul sarflagan.
2018 yil martida Reuters axborot agentligi Volkswagen qaytarib olgan avtomobillarini saqlash joylarida saqlayotganini aniqlagan. Bu joylarni tom ma'noda “folksvagenlar qabristoni” deb atash mumkin. Ulardan eng yirigi Kaliforniya cho‘lida, AQSh harbiy-havo kuchlarining sobiq bazasida joylashgan. Qolgan “qabristonlar” Detroytdagi futbol maydonida va Minnesotaddagi tashlandiq qog‘oz fabrikasida joylashgan.
Kompaniya vakillarining aytishicha, barcha mashinalar soz holatda ushlab turiladi. Kompaniya mashinalarning zararli moddalar chiqarishi kamaytirilgandan keyin ularni savdoga qaytarishga yoki eksport qilishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024