Jabbrrbox startapi muzlatgichga o‘xshash antiqa ish joyi yaratdi
AQShning Jabbrrbox startapi odamlar osoyishta vaziyatda ishlashi uchun shaffof eshikli vertikal kapsulalar yaratdi. Foydalanuvchilarga bu “budka”da o‘tkazgan vaqtlari uchun haq to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Birinchi kapsula Nyu-Yorkdagi La-Guardiya aeroportida o‘rnatildi. Bu kabinada 15 daqiqa bo‘lish 10 dollarni, 30 daqiqa – 15 dollarni, bir soat bo‘lish esa 30 dollarni tashkil qiladi. Dush kabinasi o‘lchamidek keladigan kapsulada o‘rindiq, stol, rozetka, harorat va yorug‘lik regulyatorlari o‘rnatilgan.
Jabbrrbox bosh direktori Brayan Xakatornning aytishicha, ushbu loyiha g‘oyasi unga Manxettendagi uchrashuvlar o‘rtasida 45 daqiqalik tanaffus vaqtida, bu vaqtni osoyishta vaziyatda o‘tkazishi kerak bo‘lgan va ofisga qaytishga vaqti bo‘lmagan paytda kelgan.
Jabbrrbox kapsulalar odamlar yolg‘iz qolib, diqqatini vazifani bajarishga qaratishiga to‘g‘ri keladigan joylarda talabgir bo‘lishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, kapsulani o‘rnatish uchush joyni qayta rejalashtirishga ehtiyoj yo‘q.
Xususiy ofislar bunday kabinalardan 200taga yaqinini sotib olishdi. Bir o‘rindiqli kapsula 13 ming dollar, 2 o‘rindiqlisi esa 24 ming dollar turadi.