Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘g‘irchoqqa aylanmasa bo‘ldi». Muhammad bin Salmon Bashar Asad haqida gapirdi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudning The Time’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat hukumati tepasida qoladi.
Shu bilan birga, uning umid bildirishicha, Suriya yetakchisi Eron qo‘lida «qo‘g‘irchoqqa» aylanmaydi.
«Bashar Suriya prezidenti bo‘lib qoladi. Biroq mening ishonchim komilki, Basharning manfaatlari orasida eronliklarga ular o‘zlari xohlagan barcha ishni qilishlariga imkoniyat yaratib berish yo‘qdir», - deya aytib o‘tdi bin Salmon.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad bin Salmon The Wall Street Journal nashrida chop etilgan intervyusida Ar-Riyodning harbiy ixtilofga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha urinishlari muvaffaqiyat qozonmasa, unda 10-15 yildan keyin Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida urush yuzaga kelishi mumkin ekani haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025