Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda Oliy sud sudyalari saylandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyaligiga tavsiya etilgan nomzodlarni ma'qulladi.
Unga ko‘ra, Abdumo‘min Abduaxatovich Abdullayev muddatsiz davrga, Volida Rustamovna Axtamova o‘n yil muddatga, Jamshid O‘ktamovich Tirkashev o‘n yil muddatga, Ilxomjon Xakimovich Raxmonqulov o‘n yil muddatga, Saylaubay Amanbayevich Mambetkadirov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Tavsiya etilgan nomzodlar orasida rus tilidan nutq qilgan Volida Axtamova boshqalarga nisbatan kam ovozga ega bo‘ldi.
Shuningdek, boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Ixtiyor Qosimov, Nematjon Akbarov, Raxat Ismaylov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Ma'lumot uchun, Senatning ushbu qarori qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
20:44 / 27.02.2025