Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Mag‘lubiyatdan qutulish uchun 55 soniya". "Barselona" so‘nggi daqiqalarda kambek qildi
Ispaniya chempionatining 30-tur markaziy o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.
"Sevilya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.
36-daqiqada Vaskes mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 5 daqiqasida Muriel oradagi farqni 2taga yetkazdi. O‘yinning asosiy daqiqasida tugashiga 2 daqiqa qolganida Suares farqni qisqartirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Messining kiritgan goli jamoani mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" mavsum boshidan buyon La-Liga doirasidagi o‘yinlarda biror marotaba mag‘lub bo‘lmay kelayotgan yagona jamoa hisoblanadi.
Sevilya – Barselona 2:2
Gollar: 1:0 – 36 Vaskes, 2:0 – 50 Muriel, 2:1 – 88 Suares, 2:2 – 89 Messi.
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado (Layyun, 46), Langle, Nzonzi, Banega, Vaskes, Navas (Nolito, 81), Korrea (Pisarro, 72), Muriel.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto, Inesta (Pako Alkaser, 81), Rakitich, Koutino, Paulino (Denis Suares, 77), Dembele (Messi, 58), Suares.
Ogohlantirishlar: Merkado (34), Riko (44).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025