Kubalik o‘tirgan holda to‘pni uzluksiz tepish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Kubalik sobiq futbolchi Erik Ernandes to‘p bilan jonglyorlik qilish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatdi: u to‘pni o‘tirgan holatda yerga tushirmasdan 1 soat 10 daqiqa davomida faqat oyoqlari bilan uzluksiz tepdi. Ushbu rekord natija Gavanadagi “Rivera” mehmonxonasida qayd qilingan.
Ernandes o‘z urinishini murakkablashtirish maqsadida to‘pig‘iga 1,36 kg lik yuk mahkamlab qo‘ydi. Ernandes urinishni 2018 yilgi jahon chempionati rasmiy to‘pi bilan bajargan.
“To‘pni bir necha daqiqa tepganimdan keyin chap oyog‘im mushaklari tortishib qoldi. Bu menga rejalashtirganimdek sur'atda to‘pni tepishga imkon bermadi”, deb aytgan 51 yoshli kubalik.
Kubalik o‘tirgan holatda avvalgi rekordini 2017 yil iyulida o‘rnatgan: o‘shanda u to‘pga 43 daqiqa 5 soniya davomida boshi bilan yerga tushishga yo‘l qo‘ymagan.
Ernandesning 2 ta natijasi Giness rekordlar kitobiga kiritilgan: u bir daqiqa davomida boshi bilan to‘pga 319 marta va 1 soat 28 daqiqa davomida tizzalari bilan zarba bergan.
Sportchi hisobida boshqa antiqa natijalar ham bor. U to‘pni tepgan holda 100 metrlik masofani 17,83 soniyada va marafon masofasini 7 soat 17 daqiqada bosib o‘tgan. U, shuningdek, to‘pni tanasining barcha qismi bilan o‘ynatgan holda 19 soat 10 daqiqa davomida yerga tushirmagan.