Sport | 15:30 / 04.04.2018
8475
5 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» «MYu» emas. «Sevilya» dosh berolmadi

Chempionlar ligasining chorak finalida «Sevilya» «Bavariya»ga qarshi tengma-teng kurash olib bordi, ammo nemislarning tajriba borasidagi ustunligi qo‘l keldi.

SeVILYa - BAVARIYa - 1:2 (1:1)
Gollar: Sarabiya, 32 (1:0). Xesus Navas, 37 - avtogol (1:1). Tiagu Alkantara, 68 (1:2).
«Sevilya»: Soriya, Xesus Navas, Ker, Langle, Eskudero, Sarabiya, N`Zonzi, Pisarro, Vaskes, Korrea (Ramires, 78), Ben Yyedder (Muriel, 80).
«Bavariya» (Myunxen): Ulrayx, Kimmix, Boateng, Xummels, Bernat (Rafinya, 46), Xavi Martines, Tiagu Alkantara, Vidal (Rodriges, 36), Myuller, Levandovski, Riberi (Robben, 79).
Ogohlantirishlar: Riberi, 13. Korrea, 15. Bernat, 34. Myuller, 85. Pisarro, 90.
Hakam: Orsato (Italiya).
3 aprel. Sevilya. «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni.
Javob o‘yini - 11 aprel.

Biroz oldinroq «Bavariya» mashinasi Dortmundning «Borussiya»sini «bosib o‘tib ketgan»di. Ko‘pchilik oldindan «Sevilya» ham osonlik bilan taslim etilishini kutishayotgandi. Ammo Vinchentso Montella shogirdlari avvalgi bosqichda ham «MYu» bilan juftlikda favorit sanalishmagan, va bu qarama-qarshilikda ham ulardan ko‘proq narsa kutish mumkin edi. Bu haqda o‘yindan oldin myunxenliklar jamoasi ustozi Yupp Haynkess ham eslatib o‘tdi, u safar o‘yinidan durang bilan qaytish ham yomon natija bo‘lmasligini tan oldi.

Foto: twitter.com/@ChampionsLeague

Chorak finallar bo‘yicha eng tajribali mutaxassis bo‘lmish Haynkess nafaqat «Manchester Yunayted»ning qoqilishidan, balki bir necha kun oldinroq «Barselona» «Ramon Sanches Pisxuan»da mag‘lub bo‘lishiga bir baxya qolganidan ham o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib olgan va ehtiyotkorlik bilan gapirgandi. Maydonda ham uning xavotirlari o‘rinli bo‘lib chiqdi, ispanlar o‘yinda hisobni ochishdi, ammo keyin o‘tkazilgan ikki gol kim aslida kuchliroq ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

Montella o‘yin arafasida «Sevilya» hozircha kunora katta uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor emasligi haqida gapirgandi, qolaversa, uning jamoasi asosiy yetakchilaridan biri Banegasiz harakat qilishga majbur bo‘ldi (diskvalifikatsiya). Italiyalik mutaxassis darvozani Soriyaga ishonib topshirdi - bu futbolchi 21 asrdagi debyuti Chempionlar ligasi chorak finaliga to‘g‘ri kelgan ilk futbolchi bo‘ldi.

O‘yinda hisobni mezbonlar ochishdi. Montella kelgach, jamoaning asosiy hujumchisiga aylangan Sarabiya (7 gol va 6 pas) jarima maydonida jiddiy qarshiliksiz to‘pni egallab, darvozani ishg‘ol qildi. Bu vaziyatda nemislar gol muallifi to‘pni qo‘li bilan o‘ziga o‘nglab olganini iddao qilishdi, ammo hakamni ishontira olishmadi. Nemislar o‘z antirekordini yangiladi - jamoa Chempionlar ligasida qatorasiga 13-safar o‘yinida gol o‘tkazmoqda.

Foto: twitter.com/@ChampionsLeague

Soriyaning debyuti joriy mavsumda eng ko‘p gol urayotgan jamoaga qarshi bo‘ldi. Unga gol urishdi, ammo ikki vaziyatda ham to‘p «Sevilya» futbolchilari orqali darvozaga kirdi: Riberinning zarbasi Xesus Navasning oyoqlari orasidan o‘tib darvozaning yaqin burchagiga yumaladi.

Nazvaniye

Birinchi bo‘lim andalusiyaliklar ssenariysi bo‘yicha o‘tdi. Gol bo‘lgan vaziyatdan tashqari ko‘plab hujumlar uyushtirildi, Ben Yyedder doimiy ravishda raqib himoyachilarini tahlikada ushlab turdi, qolaversa himoya tartibli harakat qildi. 45 daqiqa davomida «Bavariya»ning asosiy hujumchisi raqib jarima maydoni ichida to‘pga tega olmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda «Bavariya» tezkorroq o‘ynadi va Bernat o‘rniga tushirilgan Rafinya qanotda Sarabiyani yopib qo‘ydi.

Sevilyaliklar ikkinchi bo‘limga kelib charchab qolishgandi va raqib hujumlarini to‘xtatishga ulgurmay qolishdi. Shunday hujumlardan birida Soriya Xavi Martinesning kuchli zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pga esa Tiagu Alkantara yetib keldi. U bergan zarba ham yo‘l-yo‘lakay Eskuderoga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi. Ispaniya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchining turnirda urgan jami 8 golidan 7tasi pley-off o‘yinlarida urilgan. 

Foto: twitter.com/@ChampionsLeague

Haynkes esa rekordchi maqomiga ega bo‘ldi - u Chempionlar ligasida qatorasiga 12 uchrashuvda g‘olib bo‘lgan ilk murabbiy.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid