Jahon | 11:56 / 05.04.2018
4905
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh chegarasida noqonuniy muhojirlarning hibsga olinishi keskin oshgani qayd qilindi

Foto: AP Photo / Gregory Bull

Mart oyida AQSh chegarasida hibsga olingan noqonuniy muhojirlar soni keskin oshgan. Bu haqda AQShning bojxona-chegara xizmati ma'lum qildi. 

“Bojxona-chegara xizmati mart oyida hibsga olishlar fevralga nisbatan 37 foizga oshganini qayd qilgan. 2017 yil martiga nisbatan esa o‘sish 203 foizni tashkil qilgan”, deyilgan xizmatning bayonotida.  

AQShning janubi-g‘arbiy chegarasida mart oyida 37 ming 393 kishi ushlangan. Fevralda bu ko‘rsatkich 26 ming 622 kishini tashkil qilgan. Hibsga olishlar mart oyida o‘sishiga qaramay, bu raqamlar yillik statistikaga nisbatan uncha katta emas va mavsumiy o‘zgarishlar, ob-havo va boshqa omillar bilan tushuntirilishi mumkin. 

AQSh prezidenti Donald Tramp 4 aprelda mamlakat chegarasini muhofaza qilishga milliy gvardiyani jalb qilishga ruxsat berdi.

Mavzuga oid