Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron xalqaro koalitsiyani Suriyadagi terrorchilar yetakchilarini qutqarishda aybladi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyadan terrorchilarning bir necha yetakchilarini olib chiqib ketgan. Bu terrorchilar Yaqin Sharqning boshqa davlatlarida qo‘llanishi mumkinligi haqida ma'lumot bor, deb ma'lum qildi Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy.
“AQSh boshchiligidagi koalitsiya terrorchilar yetakchilari va bir necha yirik terrorchilarni qutqarib, mintaqadan olib chiqib ketdi va o‘z nazoratida ushlab turibdi. Ular bu terrorchilarni mintaqaning boshqa joylarida qo‘llamoqchiligi alomatlari bor. Fikrimcha, Markaziy Osiyoda, Kavkazda terrorchilik tahdidi mavjud, shu sababki, terrorchilarning bir qismi Afg‘onistonga tashlanayotgani alomatlari va guvohliklari bor”, deb aytgan Hotamiy “Rossiya-24” telekanaliga.
Eron vaziri Rossiya va Eron xalqaro koalitsiya davlatlaridan farqli ravishda, “Suriya suverenitetini hurmat qilgan va Suriya hukumati bilan kelishgan holda” terrorchilarga qarshi kurash olib borgan.
“AQSh boshchiligidagi boshqa guruh esa terrorchilikka qarshi kurashish o‘rniga, bu terrorchilarni boshqargan. Boshqacha aytganda, terrorchilar ular manfaati uchun harakat qilganda, ularni qo‘llab-quvvatlagan, qutqarib, olib chiqib ketganlar va aksincha, terrorchilar ularning manfaatlariga zid bo‘lgan joylarga zarbalar berib, terrorchilarga hujum qilganlar”, deb aytgan Hotamiy.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
21:58 / 21.05.2025