Jamiyat | 21:42 / 05.04.2018
6589
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar tegishli sudlari raislari aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi

2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan.

Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sudlari raislari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan 2018 yilda o‘tkaziladigan sayyor uchrashuvlar grafigi tasdiqlangan.

Mana shunday sayyor uchrashuvlardan biri Bektemir tumanida joylashgan 30-sonli bolalar va musiqa maktabi binosida bo‘lib o‘tdi. Tegishli davlat tashkilotlaridan vakillar va mutaxassislar ham qatnashdi. Uchrashuvlar ikki bosqichda amalga oshirildi: fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan savol-javob tarzidagi uchrashuv va sayyor ochiq sud majlisi. Uchrashuvlarni shaxsan sud raislari olib bordi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan barcha huquqiy masalalariga yechim topishdi.

O‘tkazilgan uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, muammolarning aksariyati fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yetishmasligi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ular, asosan, oila, mulk, meros, bozor, o‘z shaxsiy huquqini bilmaslik, vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatga qo‘yish, soliq, uy-joy qonunchiligini bilmaslik kabilardan iborat bo‘ldi. Toshkent shahar tegishli sud raislari fuqarolarning e'tiroz va shikoyat-arizalarini, albatta, mas'ul shaxslar tomonidan qonunan ko‘rib chiqilishini ta'minlanishini nazoratga olishlarini ta'kidlab o‘tishdi.

Mavzuga oid