O‘zbekiston | 19:46 / 06.04.2018
51047
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City loyihalari bilan tanishdi

Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishi prezidentning doimiy e'tiborida bo‘lib kelmoqda. Davlat rahbari avval ham bu yerga tashrif buyurib, tashkiliy, moliyaviy masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun'iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obektlar quriladi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni Tashkent City qurilish uchastkasida bo‘ldi. Besh yulduzli mehmonxona va kongress-xol qurilishining borishi bilan tanishdi. 

Mazkur inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish, yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratish, geologiya, seysmologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid