O‘zbekiston | 09:29 / 07.04.2018
76292
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: Belarusdan o‘tgan yili iltimos qilib kartoshka olib keldim

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi.

“Biz raqobatbardosh deymiz. Lekin kollejda bitta mexanik, suvchi tayyorlanmasa, kimga kerak u kollej? Mexanik yo‘q hozir, muhandis-mexanik yo‘q! Ilmga endi bitta narsa kerak – ilmini sotib oladigan tashkilot. Bunga esa mablag‘, investitsiya kerak. 35 yoki 40 foiz yerimiz meva-sabzavot bilan bo‘ladi. Lekin 25 yil ichida na uzumga, na anorga, umuman, biofond degan narsani paxtadan boshqa hech narsada bilmadik. Kartoshkada ham shu, urug‘likni davom ettirish kerak. Kartoshka ham non, chetdan milliard-milliard pulga olib kelinadi. O‘tgan yili men Belarusdan iltimos qilib olib keldim, yetmagan. Bir paytlar bizda ham zo‘r-zo‘r institutlar bor edi, hammasi yo‘q bo‘lib ketdi. 

Akademik bo‘ldimi millatga, vatanga xizmat qilishi kerak. Samimiy xizmat qilishi kerak. Samimiy degani – maktab yaratishi kerak. Agar biz yoshlarni ilmga qaytarmasak, ilmiy salohiyatimizni kuchaytirmasak, ertaga dunyo hamjamiyatida raqobatbardosh bo‘la olmaymiz! Juda aqlli, ilmga tashna bo‘lgan yoshlarimiz ko‘p. Kechagi qaror ham shu haqida – o‘sha yoshlar ilmga, laboratoriyalarga qaytsin. Orqaga yo‘l yo‘q. Qanday bo‘lmasa ham oldinga yuramiz. Yengil bo‘lmaydi, og‘ir bo‘ladi. Tartib bundan ham qattiq bo‘ladi. Talab bundan uch barobar kuchli bo‘ladi. Xalqimizni ishonchini qozonish – bu men uchun eng katta, buyuk masala. Hammamiz birgalikda harakat qilsak, shunda natijaga erishamiz”, - dedi Mirziyoyev.

Mavzuga oid