Jahon | 10:32 / 09.04.2018
7142
2 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn Trampni Suriyadagi kimyoviy hujumga javob qaytarishga chaqirdi

Foto: Jennifer Stewart/Getty Images

Amerikalik respublikachi-senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Trampni Suriyaning Dumasida yuz bergan ehtimoliy kimyoviy hujumga javoban aniq choralarni ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Media ITE xabar qilmoqda.

«Prezident Donald Tramp o‘tgan hafta butun dunyoga AQSh Suriyadan qo‘shinlarni muddatdan avval olib chiqishi haqida aniq signal berdi. Bashar Asad, uning Rossiya va Erondagi ittifoqchilari buni eshitishdi hamda AQShning harakatsizligini tufayli kuchayishdi. Xabar qilinishicha, Asad bu safar Dumada aybsiz erkaklar, ayollar va bolalarga qarshi kimyoviy quroldan foydalangan», - deya ma'lum qildi Makkeyn.

Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Asad o‘tgan yilda «kimyoviy quroldan foydalanganida», qat'iy javob qaytargandi.

Uning fikricha, Tramp yana shunaqa qilishi kerak va «Asad o‘z harbiy jinoyatlari uchun narx to‘lashini» ko‘rsatib qo‘yishi lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid