Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni ilk bor Kann kinofestivalida ishtirok etadi
Saudiya Arabistoni ilk bor Kann kinofestivalida ishtirok etib, unda bir necha qisqa metrajli filmlar taqdim qiladi hamda milliy opera va orkestrini yaratishda Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Parisien nashri xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning Fransiyaga tashrifi davomida Fransiya va Saudiya Arabistoni madaniyat vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni madaniyat vaziri Avad bin Saloh al-Avad Kann kinofestivalida ishtirok etish bo‘yicha Fransiya madaniyat vaziri Fransuaza Nissen bilan kelishuvga erishilganidan mamnuniyat bildirgan.
Nissen Fransiya Saudiya Arabistoniga o‘z orkestri va operasini yaratishda ko‘mak ko‘rsatishini aytgan. Saudiya Arabistonidagi ilk opera teatri Jiddada barpo etiladi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025