Fan-texnika | 21:38 / 10.04.2018
8381
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask bo‘lg‘usi koinot raketasining o‘zagini ko‘rsatdi 

Foto: Instagram/elonmusk

Ilon Mask instagramda yangi raketasi Big Falcon Rocket (BFR)’ning korpusi surati bilan bo‘lishdi. Raketaning o‘lchamini tasavvur qilish uchun uning yoniga Tesla Model 3 elektromobili joylashtirilgan.

SpaceX rahbari g‘oyasiga ko‘ra, Big Falcon Rocket raketasi SpaceX’ning yangi sayyoralararo koinot kemasini koinotga olib chiqadigan raketa bo‘ladi. Marsga jo‘natiladigan yangi kemaning ilk sinovlari 2019 yilda bo‘lib o‘tishi kerak. 

Yangi raketa avvalgilaridan ancha kattaroq bo‘ladi, uning diametri 9 metrni tashkil qiladi. BFR ko‘p marotaba ishlatsa bo‘ladigan ikkita pog‘onadan va foydali yukning 3 ta varianti: sayyoralararo koinot kemasi, koinot tankeri va orbitaga sun'iy yo‘ldoshlar olib chiqadigan va Xalqaro koinot stansiyasiga parvozlar uchun yuk kemasidan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, kema fazogirlar uchun 40 ta kabina bilan jihozlanadi, uning uzunligi 48 metrni tashkil qiladi. Raketaning balandligi esa 106 metrni, foydali yuk 150 tonnagachani tashkil qiladi.    

Martda Ilon Mask SpaceX’ning bosh maqsadi 2022 yilgacha Marsga yuk missiyasi yuborishdan iboratligini aytgan. Uning prognozlariga ko‘ra, kema 2019 yildayoq qisqa parvozlar amalga oshirishi mumkin. Biroq Mask o‘ylangan rejalar taxmin qilinayotgan muddatlargacha amalga oshmasligi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Mavzuga oid