Jahon | 17:42 / 10.04.2018
11037
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml sanksiyalar haqida: Rossiyada hech narsa bosim ostida qilinmaydi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiyada hech narsa bosim ostida qilinmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Rossiyada hech narsa bosim ostida qilinmaydi. Rossiyada hammasi o‘z manfaatini o‘ylab qilinadi, hamda bundan keyin ham shunday bo‘ladi, Rossiya prezidenti bu haqda bir necha marotaba gapirgandi», - deya aytib o‘tgan Peskov.

Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, Kremlda iqtisodiy vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dmitriy Peskov mamlakat rahbari Vladimir Putinning ish jadvalida iqtisodiy kun tartibi o‘zgarmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid