Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShni Suriyaga beriladigan zarbaning og‘ir oqibatlari haqida ogohlantirdi
AQSh Suriyaga qarshi kuch qo‘llaniladigan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga duch keladi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ma'lum qildi.
"Biz tegishli kanallar orqali Amerika tomoniga Suriyaga qarshi yolg‘on bahonalar bilan amalga oshiriladigan kuch harakatlari eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin ekanini bildirgandik. Bu davlatda qonuniy hukumatning iltimosi bilan rossiyalik harbiy xizmatchilar bor", - dedi Nebenzya BMT XKning Suriyadagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishi davomida.
Diplomat g‘arbdagi siyosatchilarni “qirg‘iyga o‘xshab qarashni bas qilish” va global xavfsizlikka chaqiriq tashlovchi ahmoqona istaklardan voz kechishga chaqirdi. Shu bilan birga, Nebenzyaning ta'kidlashicha, g‘arbdagi rahbarlarga hech kim jahon jandarmlari vazifasini bajarish bo‘yicha vakolatlar bermagan.
Rossiya doimiy vakilining qo‘shimcha qilishicha, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Moskvaga nisbatan keskin chiziqni olib bormoqda, bunda hattoki sovuq urush vaqtida bo‘lmagan usullar arsenalidan foydalanilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025