O‘zbekiston | 18:50 / 11.04.2018
73862
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda keskin fikrlari bilan tanilgan imom ishdan olindi

Shermurod Tog‘ay

Toshkent shahridagi «Do‘mbirobod»  masjidi imom-xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher-domla) ishdan olindi.

Jamoatchilikka o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va keskin fikrlar bildirishi bilan ma'lum bo‘lgan bu imom 30 mart kuni vazifasidan ozod etilgan.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasidagi manbaning «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, idoraning Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad ham Shermurod Tog‘ay bilan bir kunda lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda ushbu iste'folarning aniq sababi ma'lum qilinmagan.

Shermurod Tog‘ay o‘rniga Saidbakir Dovudov «Do‘mbirobod» masjidiga imom etib tayinlangan.

Qayd etish kerakki, bu 3 mulozim ham ijtimoiy tarmoqda faol sanaladi. Xususan, mart oyi oxirida Shermurod Tog‘ay O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbariyatini tanqid qilgandi. U shuningdek, mart oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani juma ma'ruzasi vaqtida tanqid ostiga olgandi va O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbariyatidan iste'foga chiqishni talab qilgandi.

Mavzuga oid