Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey va Tramp Suriya bo‘yicha «javob» ustida ishlashga kelishib oldi
Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon muloqotlari o‘tkazdi hamda Suriya bo‘yicha «xalqaro javobni» ishlab chiqishga oid ishlarni davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Ular Suriyada kimyoviy qurolning qo‘llangani jazosiz qolishi kerak emasligi va Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi tomonidan bundan keyin ham shunday quroldan foydalanishga yo‘l qo‘yib bermaslik muhim ekani haqida kelishib oldi. Ular xalqaro javobni ishlab chiqish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga ham kelishib oldi», - deya aytib o‘tdi Meyning vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyaga berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar muddati haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025