Jahon | 14:27 / 14.04.2018
16350
1 daqiqa o‘qiladi
Yevrokengash rahbari YeI pozitsiyasini ma'lum qildi
Yevrokengash rahbari Donald Tusk AQShning Suriyaga zarbalari bo‘yicha izoh berdi hamda YeI ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashi va ular bilan «adolat tomonida» birga bo‘lishini ma'lum qildi. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
«AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyaning zarbalari shuni aniq tushunishga yordam bermoqdaki, Suriya rejimi Rossiya va Eron bilan birgalikda insonlarning bunday azob-uqubatini endi davom ettira olmaydi, har holda, bu yo‘qotishlarsiz yuz bermaydi. YeI ittifoqchilari bilan adolat tomonida birga turadi», - deya yozgan Tusk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Suriyadagi so‘nggi hodisalar bo‘yicha bayonot bergandi.