Jahon | 07:20 / 15.04.2018
43478
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadagi mojaroni 24 soat ichida to‘xtatishi mumkin - Nebenzya

Foto: AP/TASS

AQSh o‘zining «qo‘lga o‘rgatilgan terrorchilari»ga Suriyadagi qonuniy hukumat va o‘z xalqiga qarshi kurashishni bas qilishga buyruq berib, 24 soat ichida Suriyadagi urushni to‘xtatishi mumkin, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya. Bu haqda RIA Novosti yozadi. 

Rossiya vakili bu so‘zlarni BMT Xavfsizlik kengashidagi chiqishi vaqtida aytgan.

Nebenzyaning qayd etishicha, ittifoqchilarning terrorchilarga qarshi operatsiyalar olib boriladigan Suriyadagi aerodromlarga zarbasi «gumanitar ritorika bilan yo‘g‘rilgan, o‘zining harbiy ishtirokini jihodchilarni yer bilan yakson qilish istagi bilan tushuntiruvchi g‘arbdagilar aslida ular bilan hamtovoq ekani va mamlakatni parchalash uchun ishlashayotgani»ni bildiradi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid