O‘zbekiston | 01:29 / 15.04.2018
133086
2 daqiqa o‘qiladi

«Chiroyli» avtoraqamlar savdosi: Qozog‘iston va O‘zbekiston taqqoslanganda

Qozog‘istonning aholiga maxsus xizmat ko‘rsatish markazlari 2018 yilning birinchi choragida 913 mln. tanga (2,9 million AQSh dollari) ga 3385 ta «chiroyli» avtoraqamlarni realizatsiya qilishgan. Bu haqda Facebook’da «Fuqarolar uchun hukumat» davlat korporatsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori Murat Jumanbay ma'lum qilgan.

U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil bo‘yicha qozog‘istonlik avtomobil egalari talabgor raqamlardan 4,5 mingtasini 1,5 milliard tanga (4,7 mln dollar) ga xarid qilishgan). Bunday raqamlar ko‘proq Olmaota (1468) va Ostona (910) shaharlarida sotilgan.

Uning aytishicha, 15 yanvardan boshlab nafaqat simmetrik raqamli, shuningdek chiroyli harf kombinatsiyalariga ega raqamlarni ham xarid qilish imkoniyati yartilgan. 2018 yilning o‘tgan uch oyi mobaynida ana shunday davlat raqamlarining 580 tasi 79,5 mln tanga (248,44 ming AQSh dollari) ga sotilgan.

O‘zbekistonda bu borada ahvol qanday?

«O‘zRTXB» AJning 2018 yilning I choragi yakunlariga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, onlayn auksionlar orqali 734 ta avtoraqamlar sotilgan. Ularning 544 tasi jismoniy shaxslarga, 190 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy kiymati 12,1 mlrd so‘mdan oshgan. Ko‘rsatilgan davrda tuzilgan bitimning o‘rtacha qiymati 16,5 mln so‘mni tashkil etgan.

Xaridorlarning tarkibiy tuzilmasida yetakchi o‘rin, ya'ni bozorning 40 foizi Toshkent va Toshkent viloyatining avtotransport egalariga tegishli. Keyingi navbatda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari (11 foizdan), uchinchi o‘rinda Namangan va Andijon viloyatlari (6 foizdan) xaridorlari joylashgan.

Mavzuga oid