Jahon | 09:22 / 16.04.2018
15635
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: AQSh o‘z harbiylarini Suriyadan tezroq ortga qaytarmoqchi

Foto: AP/ Hussein Malla

AQSh hamon amerikalik harbiy xizmatchilarni Suriyadan o‘z vataniga tezroq qaytarishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersga asosan xabar berdi.

«AQSh missiyasi vazifalari o‘zgarmagan – prezident AQSh kuchlari imkon qadar tezroq uyga qaytishini xohlayotgani haqida aniq tushuncha berdi. Biz IShIDni butunlay mag‘lub etish hamda uning yana paydo bo‘lishiga xalaqit beruvchi sharoitlarni yaratishga qat'iy bel bog‘laganmiz», - deyiladi bayonotda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni hamkorlar va mintaqadagi ittifoqchilar Suriya hududida ham harbiy, ham moliyaviy jihatdan xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘ziga katta mas'uliyatni olishiga umid qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid