Jahon | 08:27 / 16.04.2018
25909
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriyadagi Rossiya obektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan – OAV

Foto: Nicholas Kamm/AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya hududiga zarba berishning bir necha variantlarini ko‘rib chiqqan, ulardan birida Rossiya va Eron obektlarini nishonga olish nazarda tutilgan edi. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQSh yetakchisiga amaliyotning uchta ehtimoliy variantini taklif qilgan. Ular orasidagi eng konservativ variant Suriyada kimyoviy qurol ishlab chiqish bilan aloqador bo‘lgan obektlarni nishonga olish bo‘lgan. Ikkinchi ssenariyga ko‘ra, bunday obektlar soni oshishi kerak edi, bundan tashqari, zarbalar Suriya armiyasi qo‘mondonlik punktlariga ham berilishi kerak edi. Amaliyotning eng radikal varianti Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlariga hujumni nazar tutgan, u Suriya rejimi harbiy salohiyatiga ham zarar yetkazishi kerak edi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning o‘zi maslahatchilarga Suriya hududidagi Eron va Rossiya obektlariga zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqqan, bu Suriya harbiy texnikasini yo‘q qilishda qo‘l kelsa, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. Mettis bunday ssenariyga qarshi chiqqan, javob harakatlari haqida ogohlantirgan. Yakunda AQSh prezidenti Suriyadagi kimyoviy obektlarga 100dan ortiq qanotli raketalar bilan zarba berishni o‘z ichiga qamrab olgan gibridli variantda to‘xtadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga zarbasini vahshiylik deb atagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid