Jahon | 14:13 / 18.04.2018
8066
1 daqiqa o‘qiladi

«Aldoqchilar». AQSh prezidenti onlayn do‘konlarni tanqid qildi

Foto: JIM LO SCALZO /AP

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp onlayn do‘konlarni tanqid ostiga oldi. Ular, AQSh yetakchisining fikricha, Amerika shaharlari va shtatlari aholisini «aldamoqda». Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Onlayn do‘konlar butun mamlakatimiz bo‘ylab shtatlar va shaharlarni aldamoqda hamda ularga yomon munosabatda bo‘lmoqda. Soliqlarni to‘lovchi an'anaviy do‘konlarga nisbatan juda adolatsiz!», - deya yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar oliy sudining og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan muhojirlar deportatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish bo‘yicha qarori qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid