Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda dunyodagi ilk Hyperloop tijoriy qurilmasi quriladi
Hyperloop Transportation Technologies (HTT) 18 aprelda Abu-Dabidan bo‘lgan developer Aldar Properties bilan BAAda dunyodagi ilk tijoriy qurilmasini qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, HTT Abu-Dabi va Dubay amirliklari chegarasida qurilmani, Dubayda “EKSPO-2020” ko‘rgazmasi maydonchasi yaqinida innovatsion va turistik markazlar quradi. Qurilish bir necha bosqichda o‘tadi va 10 kmlik qurilmaning inshootini qurishdan boshlanadi. Bu qurilma keyinchalik BAA bo‘ylab va mamlakat tashqarisigacha uzaytiriladi.
Kelishuv BAAda dunyodagi ilk Hyperloop tijoriy qurilmasini qurish uchun asos yaratadi. Undan maqsad Abu-Dabi, Al-Ayn, Dubay va Saudiya Arabistonidagi Ar-Riyodni bog‘lashdan iborat.
Futuristik kapsula-vagonlar maxsus quvurlar orqali 1100 km/soat tezlikkacha Expo-2020 o‘tadigan maydongacha har 10 soniyada harakatlanadi va bir yo‘nalishda bir soatda 15 ming kishini tashishni ta'minlaydi.
Abu-Dabi va Al-Ayn o‘rtasidagi trassa tayyor bo‘lgandan keyin bu ikki shahar orasidagi 150 kmlik masofani 8-12 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.
Video: Dubaydagi tovushdan tez harakatlanuvchi poyezd qanday ishlaydi?
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025