Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London KQTT missiyasining Suriyadagi ishi bo‘yicha tezkor javob talab qildi
Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Karen Pirs BMT kotibiyatidan KQTT (Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot) missiyasi Suriyaning Duma shahrida qayerda ekani va uning ishi haqida javob taqdim etilishini so‘radi. Ushbu shaharda kimyoviy hujum ro‘y bergani taxmin qilinmoqda. Javob bir sutka ichida berilishi kerak, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Mening o‘ylashimcha, agarda kotibiyat Xavfsizlik kengashi uchun yoki brifing o‘tkazishi, yoki KQTT va BMT Xavfsizlik departamentining Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanganiga oid dalillarni topish bo‘yicha missiyasi hozir qayerda ekani borasida qisqacha ma'lumot berishi juda foydali bo‘ladi. Bunda missiyaning keyingi rejalari, Dumaga borishda qandaydir qiyinchiliklar paydo bo‘lgani, hamda ularning sababi nimada ekani haqida axborot berilishi kerak. Bu kelayotgan 24 soat ichida amalga oshirilsa, men juda minnatdor bo‘lgan bo‘lardim», - deya aytib o‘tdi Pirs BMT Xavfsizlik kengashining Rossiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga zarbasini vahshiylik deb atagandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
16:19 / 24.05.2025