«O‘zavtosanoat» va «O‘zbekiston havo yo‘llari»ni boshqargan Ro‘ziqulov yangi lavozimga tayinlandi
«O‘zavtosanoat»ning sobiq rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktorligidan ham olingach, yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi. Shunday qilib, Ro‘ziqulov «O‘zavtosanoat» rahbarligidan ozod etildi.
Keyinroq, u «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori etib tayinlangani ma'lum bo‘ldi.
Aqto‘be fojiasidan so‘ng, Ro‘ziqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bosh direktorligidan ham ketgandi.
Mavzuga oid
15:02 / 20.08.2024
Avstraliya va Indoneziya mudofaa to‘g‘risida shartnoma tuzdi
11:00 / 14.06.2024
Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi
18:14 / 10.06.2024
Indoneziyada besh metrlik bo‘g‘ma ilon ayolni butunlay yutib yubordi
10:51 / 11.03.2024