Jahon | 11:44 / 19.04.2018
13040
1 daqiqa o‘qiladi

Jangarilar Suriyada AQSh patronajligida muxtoriyat tashkil etmoqchi – rus OAV

Foto: AFP / Abdulmonam Eassa

«Jabxot an-Nusra» va «Suriya mustaqil armiyasi» Suriya janubidagi nazorat ostidagi hududlarni kengaytirmoqda, ular u yerda AQSh patronajligida muxtoriyat tashkil etmoqchi. Bu haqda RIA «Novosti» manbaga asosan xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar barcha uchta janubiy viloyatda Suriya Arab Respublikasi hukumat kuchlariga muvofiqlashtirilgan holda hujum amalga oshirishni rejalashtirmoqda, bunga hukumat qo‘shinlari tomonidan keskinlikdan xoli rejimining buzilishi sabab bo‘ladi.

Manba so‘zlariga ko‘ra, AQSh jangarilar bilan kurashmayapti va ular tomonidan nazorat etiluvchi tumanlarga «insonparvarlik yordami» yetkazib bermoqda.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, jangarilar hukumat kuchlari pozitsiyalariga Dera va Al-Bas shaharlari hamda ularga yaqin bo‘lgan tumanlarni egallab olish uchun bir vaqtda hujum boshlashni rejalashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid