Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda transport vositalarini ro‘yxatga olishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda amaldagi avtomobil raqamlarini kelajakda xalqaro namunadagi avtoraqamlarga almashtirishni nazarda tutuvchi transport vositalarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, avtotransport vositalari uchun qog‘ozli hujjatlar bekor qilinadi, barcha tegishli ma'lumotlar egalarining ID-kartalariga biriktiriladi.
2018 yil 1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ladi.
2018 yil 1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Toshkent shahrida sinov rejimida ishga tushiriladi.
Shu bilan birga, xalqaro namunadagi avtoraqamlarga almashtirish jarayoni aynan qachon amalga oshirilishi aytilmagan. Prezident qarorida kelajakda raqamlarni almashtirish bo‘yicha shunday chora ham inobatga olinishi aytilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025