Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» - «Qizilqum» va «Nasaf» - «Lokomotiv» o‘yini hakamlari Superligadan chetlatildi
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin hakamlari qoniqarsiz baho olgan. Bu haqda O‘FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma'mur Saidqosimov «Futbol Ekspress» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Xususan, «Paxtakor» - «Qizilqum» (2:1) bahsini boshqargan Vadim Agishev har ikkala jamoa darvozasiga penalti belgilashda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun 4 ballga (2 baho) loyiq ko‘rilgan.
«Nasaf» - «Lokomotiv» (2:1) o‘yinida ishlagan Ilgiz Tantashev esa mehmonlar gol urgan vaziyatda qoida buzilganiga e'tibor qilmagan. Natijada, nazoratchi tomonidan 4 ballga (2 baho) loyiq ko‘rilgan.
Endi har ikkala hakam ham Superliga emas, Pro-liga bahslarini boshqarishadi. Ularning qachon Superligaga qaytishi ma'lum emas.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025