Eron AQShni valyuta inqirozida ayblamoqda
Eron AQShning rejalarini buzish maqsadida dollarning milliy valyuta — riyolga nisbatan barqaror kursini o‘rnatishga qaror qildi, deb yozadi Anado‘lu agentligi.
Erondagi valyuta inqirozi AQShning Eronda iqtisodiy inqiroz keltirib chiqarishga bo‘lgan urinishidir, dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.
Eronning IRNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ruhoniy Tehronda Eron hukumati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQShning rejalarini barbod qilish uchun dollarning Eron riyoliga nisbatan barqaror kursini joriy qilishga qaror qilgan.
Bu qaror Eronning 80 millionlik aholisi manfaatlariga to‘liq mos keladi, degan Ruhoniy.
Prezident AQSh 12 may kuni Eron bilan yadroviy kelishuvlar haqida qaror chiqarishni rejalashtirmoqda.
«AQSh Eron xalqiga qarshi qaratilgan qarorni qabul qilib, bizning ichki bozorimizga bosim uyushtirishi mumkin. Lekin dollar kursining barqarorlashtirilishi AQShga nisbatan javob bo‘ldi», — degan Ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 1 AQSh dollarining qiymati 45 ming Eron riyoliga teng.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024