Jahon | 08:10 / 22.04.2018
7122
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda “ajdarho” qayiqlarining to‘qnashuvi qurbonlari 17 kishini tashkil qilmoqda 

Foto: Global Look Press /Xinhua/Wang Ping

Xitoyning Guylin okrugida “ajdarho” qayiqlarining to‘qnashuvi qurbonlari soni 17 kishigacha oshdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi

Avval 11 kishi halok bo‘lgani, 6 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingan. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv amaliyotiga 8 ta qayiq va 200 kishi jalb qilingandi. 

Voqea 21 aprel soat 13.40da ikkita qayiq Yoz bayrami kuni – Duanuda (oy taqvimi bo‘yicha 5-oyning 5-kuni nishonlanadi) o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida boshqaruvni yo‘qotganidan keyin yuz bergan.   

To‘qnashuvdan keyin qayiqlar ag‘darilib ketib, 57 kishi suvga tushib ketgan. Ulardan 40 nafari omon qolgan.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar tashkilotchilari ularning o‘tishi haqida mahalliy huquq-tartibot idoralarini ogohlantirishmagan bo‘lgan. Ulardan ikki nafari qo‘lga olingan.  

Mavzuga oid