Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID 3 milliard yevroga egaligi taxmin qilindi
IShID terrorchi guruhi 3 milliard yevro miqdoridagi kapitalga ega bo‘lishi mumkin. Fransiyaning Europe 1 radiostansiyasi mamlakat hukumati tomonidan tashkil etilgan, 25-26 aprel kunlari Parijda o‘tkazilayotgan terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashga bag‘ishlangan anjuman arafasida shu haqida xabar berdi.
Radiostansiya asoslanuvchi G‘arb maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, pullar uch yil davomida Iroq shimoli va Suriyadagi noqonuniy bosib olingan yerlar va neftning noqonuniy savdosi hisobiga to‘plangan. Xususan, manbada ta'kidlanishicha, terrorchilarga qarashli hududlarda muayyan bosqichda Iroq qishloq xo‘jalik don mahsulotlarining 40 foizi va Suriya paxtasining 80 foizi yetishtirilgan. Shuningdek terrorchilar nasroniylar, shialar va yozidlarning shaxsiy mulkini musodara qilish bilan ham shug‘ullanishgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
15:36 / 29.01.2025
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,3 barobarga oshdi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024