Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh, Mane va Firmino YeChL yangi rekordini o‘rnatdi
«Liverpul» Chempionlar ligasi tarixida tarkibida birdaniga uch futbolchi bir mavsum davomida sakkizta va undan ortiq gol kiritgan birinchi jamoaga aylandi. Senegallik Sadio Mane sakkizta gol kiritgan bo‘lsa, braziliyalik hujumchi Roberto Firmino va misrlik Muhammad Salohda – 10tadan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining birinchi yarim finalida Angliya jamoasi «Roma»ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, o‘yin davomida liverpulliklar 5:0 hisobida oldinda borishayotgandi. Mersisaydliklar tarkibida Saloh va Firmino dubl qayd etgan bo‘lsa, Mane yana bir to‘pga mualliflik qildi. Firmino va Saloh 2tadan golli uzatmaga ham mualliflik qildi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025