O‘zbekiston | 21:14 / 26.04.2018
126719
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev navbatda qaysi viloyatga tashrif buyurishi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi hafta seshanba, 1 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari 26 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tashrifdan maqsad joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilishdan iborat.
Ma'lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev bundan avval Turkmaniston Respublikasi prezidenti bilan Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatida ham bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024