Durov Telegram va Rossiya o‘rtasida murosa bo‘lishi dargumonligini aytdi

Foto: CC BY 2.0 / TechCrunch
Telegram va Rossiya hukumati o‘rtasida messenjerning shifrlash kalitlarini berish masalasida murosaga kelinishi dargumon, chunki messenjerlar bunday imkoniyatga ega emaslar, deb aytgan Telegram asoschisi Pavel Durov.
Roskomnadzor 16 aprelda sud qarori bilan Rossiyada Telegram Federal xavfsizlik xizmatiga shifrlash kalitlarini bermagani uchun uni bloklashni boshlagan.
“Ko‘pchilik biror murosaga kelish imkoni bormi?” deb so‘raydi. Fikrimcha, dargumon. Foydalanuvchilar yozishmalarini shifrlash uchun kalitlarni na Telegram, na boshqa messenjerlar bera oladi. Bu 2018 yildagi shifrlashning texnik xususiyatlari bilan bog‘langan”, deb aytgan Durov.
Mavzuga oid

13:15
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

11:27
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi

10:34
Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

08:55